Xizmat · tishli g'ildiraklar va ehtiyot qismlar
Maishiy texnika va mexanizmlar uchun tishli g'ildiraklar va plastik detallar
Go'sht qiymalagich yoki blenderdagi shesternya sindi, servisda esa «bunisi yo'q» deyishyaptimi? Eskisini olib keling — tishlari yeyilgan bo'lsa ham. Parametrlarini olamiz, modellashtiramiz va mustahkam plastikdan yangisini chop etamiz.
- Nima qilamiz
- tishli g'ildiraklar, vtulkalar, roliklar, dastaklar, mahkamlagichlar
- Plastiklar
- Nylon, PETG, ABS, TPU
- Sizdan kerak
- eski detal yoki chizg'ichli rasm
- Narx
- 100 000 so'mdan
Qaysi texnika uchun
- Oshxona texnikasi — go'sht qiymalagich, blender, mikser, non pishirgich, oshxona kombaynlari shesternyalari.
- Maishiy asboblar — dastaklar, tugmalar, roliklar, qulfchalar, qopqoqlar, changyutgich va ventilyator detallari.
- Mexanizmlar va uskunalar — ustaxona va ishlab chiqarishdagi yuritma shesternyalari, vtulkalar, yo'naltiruvchilar, reduktor korpuslari.
- Ta'mir va qurilish — tiqinlar, ushlagichlar, nostandart o'lchamdagi mahkamlagichlar.
Tishli g'ildirakni nimadan chop etish kerak
Tishli g'ildiraklar uchun tish mustahkamligi va yeyilishga chidamlilik muhim. Ko'pincha Nylon tanlaymiz — u mustahkam va sirpanchiq, shuning uchun boshqa shesternya bilan juftlikda kamroq yeyiladi. Yengil yuklamalar uchun PETG mos keladi. Prujinadek ishlashi yoki zarbani yumshatishi kerak bo'lgan detallar uchun — egiluvchan TPU.
Go'sht qiymalagichlarda plastik shesternya ko'pincha «saqlagich» vazifasini bajaradi: u ataylab motordan kuchsizroq qilinadi va ortiqcha yuklamada birinchi bo'lib sinadi. Shuning uchun uni me'yordan ortiq mustahkam qilmaymiz — aks holda tiqilib qolganda dvigatel zarar ko'radi.
Shu mavzudagi ishlarimiz
Barcha ishlarQanday buyurtma beriladi
-
1
Rasm yoki namuna yuboring
Detalning chizg'ich yonidagi rasmi, o'lchamlari, eskiz yoki tayyor fayl (STL, STEP). Namunani Chirchiqqa olib kelishingiz mumkin.
-
2
Narx va muddatni biling
Konsultatsiya bepul. Narxni ish boshlanishidan oldin aytamiz, yashirin to'lovlarsiz.
-
3
Skanerlaymiz, modellashtiramiz, chop etamiz
Fayl bo'lmasa — shaklni 3D skaner yoki o'lchamlar bo'yicha olib, modelni o'zimiz yaratamiz. Oddiy detal 1–2 kunda, murakkab loyiha 3–7 kunda tayyor.
-
4
Olib keting yoki yetkazib beramiz
Chirchiqdan olib ketish, Toshkent va Toshkent viloyati bo'ylab kuryer, boshqa viloyatlarga — BTS yoki Yandex orqali (pullik).
Savol-javoblar
Tishlari yeyilgan bo'lsa ham shesternya yasash mumkinmi?
Chop etilgan shesternya qancha xizmat qiladi?
Buyurtma asosida shesternya qancha turadi?
Detal rasmini yuboring — narxini aytamiz
Detalni yoki uning siniq bo'lagini chizg'ich yonida suratga oling va nima uchun kerakligini yozing. Konsultatsiya bepul.